AsosiyJamiyat

GEOLOGIYa VA MINERAL XOMAShYo RESURSLARINI O`ZLAShTIRISh SOHASIDA XALQARO ANJUMAN

'GEOLOGIYa VA MINERAL XOMAShYo RESURSLARINI O`ZLAShTIRISh SOHASIDA XALQARO ANJUMAN 'ning rasmi


Geologiya va mineral xomashyo resurslarini o`zlashtirish sohasida olib borilayotgan keng ko`lamli islohotlarning ma`no-mohiyatini ochishga, investorlar va er qa`ridan foydalanuvchilarga berilayotgan imtiyozlar hamda xorijiy investorlarning huquq va manfaatlarini kafolatlagan holda investision hamkorlik imkoniyatlarini oshirish maqsadida 6 dekabr kuni poytaxtimizda “O`zbekiston qattiq foydali qazilmalarining Investision salohiyati “O`ZGEOINVEST-2017” mavzuidagi Xalqaro anjuman bo`lib o`tdi.

Anjuman O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi “Qattiq foydali qazilmalarning strategik muhim turlarini geologik o`rganish va konlarini o`zlashtirishga chet el investisiyalarini jalb qilishni jadallashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-3000-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Bu esa o`z o`rnida oltin, mis, qo`rg`oshin, rux, volfram, uran, nodir va kamyob er metallari, temir hamda boshqa ko`plab qattiq foydali qazilmalarning strategik muhim turlariga chet el investisiyalarini jalb qilishga, respublikaning kon-geologiya sohasini liberallashtirish va shaffofligini oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Chet el investisiyalari hisobiga o`zlashtiriladigan istiqbolli maydonlar va konlarning saralash mezonlari va ro`yxatini tasdiqlash to`g`risida”gi 328-sonli yana bir muhim qaror bilan sarmoyadorlarga qattiq foydali qazilmalarning 29 ta koni va 111 ta istiqbolli maydonlari taklif etilmoqda. Mazkur xalqaro anjuman doirasida 20 dan ortiq xorijiy kompaniyalarning 50 dan ziyod vakillari ishtirok etishdi.

    Boshqa yangiliklar