Ivan Mixailovich Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali tashkil etilganiga o`n yil to`lishi munosabati bilan 5 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Davlat akademik katta teatrida mazkur sanaga bag`ishlangan madaniy tadbir bo`lib o`tdi.
Universitet talabalari va mehmonlar ishtirok etgan ushbu tadbirda oliy o`quv yurtining mas`ul xodimlari, xususan Toshkent filiali direktori M.A.Fyodorovich va direktor o`rinbosari Abdulla Magrupov va boshqalar universitetning yurtimizda tutgan o`rni, neft va gaz sohasini takomillashtirish borasida etuk kadrlarni etishtirib, erishayotgan yutuqlarini e`tirof etdi.
Ma`lumki I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universitetining O`zbekistondagi Toshkent filialiga 2007 yil asos solingan bo`lib, bugunga qadar soha bo`yicha etuk kadrlarni tayyorlashda muhim o`rin tutib kelmoqda.
Universitetning Toshkent filiali tashkil etilganining o`n yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda oliy o`quv yurtining bir qator faol talabalari universitet rektori tomonidan munosib medallar bilan taqdirlanishdi.
Shuningdek, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universitetining Qashqadaryo filiali ham tashkil etilgani e`tirof etildi.
Tadbir davomida universitetning iqtidorli talabalari tomonidan madaniy chiqishlar uyushtirildi va Rayhon G`anieva, Sevara Nazarxon, Zulayho Boyxonova, Shohruxxon kabi xalqimizning ko`plab sevimli san`atkorlari ushbu kechaga yanada fayz bag`ishladi.






