Bugun fransiyalik rok-musiqachi, kompozitor, aktyor Jonni Xolidey 74 yoshida vafot etdi.
1943 yil 15 iyun kuni Parijda tavallud topgan asli ismi Jon Filip Leo Smet bo`lgan qo`shiqchi 15 milliondan ortiq muxlisga ega bo`lgan. 2005 yilgacha uning qo`ishqlari yozilgan 80 milliondan ziyod disklar sotilgan.
Eslatib o`tamiz, bundan ikki hafta avval Jonnining sog`ligi yomonlashib, shifoxonaga olib boriladi. Parijdagi kasalxonada shifokorlar unga nafas olish yo`lida muammolar borligini aytishadi va unga davolanishni maslahat berishadi.






