AsosiySUG'DIYONA

YuZ TERISI PARVARIShI BORASIDA MASLAHATLAR

'YuZ TERISI PARVARIShI BORASIDA MASLAHATLAR'ning rasmi

Yuz terisini quyosh nurlaridan asrang. Yozning issiq kunlarida himoyalovchi krem surtishni unutmang. Qish kunlarida ham yuzni himoyalash choralarini ko`ring.

  • Ob-havoni kuzating. Issiq va sovuq darajaning shiddat bilan o`zgarishi terini quruqlashtirib, himoyasizlantiradi. Qishda yog`liroq, yozda oziqlantiruvchi vositalardan foydalaning.
  • Yuz terisini tozalashga alohida e`tibor bering. Buning uchun yuzga yog`li krem surtib, bir necha daqiqadan so`ng paxta yordamida artib tashlang. Davolovchi o`tlar damlamasi bilan tez-tez yuvinib turing. Pardozdan avval yuzni ma`danli suv bilan ho`llab oling. Muz bo`laklari bilan yuz terisini taranglashtirish ham samarali.

Manba: «SUGDIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar