Bunchalik emas. Hammasi siz foydalanishga odatlangan tirnoq egovlagichga bog`liq. Masalan, shishali silliq tirnoq egovlagichdan foydalansangiz, uni har tomonlama yo`naltirishingiz mumkin. Qumli tirnoq egovlagichni esa bir tomonlama yo`naltirganingiz yaxshi. Aks holda, tirnoqlaringiz uchida tebranish vujudga kelib, ular qatlana boshlaydi. Tirnoqlaringiz qavat-qavat bo`lmasligi uchun esa metal tirnoq egovlagichlardan foydalanmang.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.






