AsosiyJamiyat

KOMIL ALLAMJONOV O`ZBEKISTON PREZIDENTI MATBUOT KOTIBI ETIB TAYINLANDI

'KOMIL ALLAMJONOV O`ZBEKISTON PREZIDENTI MATBUOT KOTIBI ETIB TAYINLANDI'ning rasmi

Komil Allamjonov O`zbekiston Prezidenti matbuot kotibi — Prezident Ijro apparati boshlig`i o`rinbosari etib tayinlandi.

Tayinlov haqidagi farmon va Prezident matbuot xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi qaror Shavkat Mirziyoev tomonidan 1 dekabr kuni imzolangan.

Komil Allamjonov 1984-yilda tug`ilgan Toshkent shahrida tug`ilgan. U 2006-yilda O`zbekiston Davlat va madaniyat institutini, 2010-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

2002—2004-yillarda Favqulodda vaziyatlar vazirligida bosh mutaxassis, Axborot xizmati xodimi sifatida ishlagan. 2004—2005-yillarda Davlat soliq qo`mitasi (DSQ) axborot xizmatida bosh mutaxassis, 2005—2009-yillarda DSQ axborot xizmati boshlig`i vazifasini bajaruvchi, 2009—2013-yillarda DSQ axborot xizmati boshlig`i — qo`mita matbuot kotibi lavozimlarida ishlagan.

    Boshqa yangiliklar