Afg`oniston hamda Ozarbayjon Prezidentlari Muhammad Ashraf G`ani hamda Ilhom Aliev Bakuda “Osiyo yuragi” Xalqaro qonferensiyasida ishtirok etishdi. Unda Afg`onistonda barqarorlikni ta`minlash, tomonlar o`rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga doir masalalar ko`rib chiqildi. O`z navbatida Afg`oniston rahbari mamlakatdagi bugungi holat qo`shni davlatlarni ham birdamlikka chaqirishi kerakligini bildirdi.
Qayd etish kerak, mazkur konferensiyada 14 mamlakat, jumladan, Eron, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog`iston, Qirg`iziston kabi davlatlardan vakillar ishtirok etishmoqda.






