AsosiyJamiyat

FARHOD IBRAGIMOV MIRZO ULUGBEK INNOVATION CENTER’NING YaNGI DIREKTORI ETIB TAYINLANDI

'FARHOD IBRAGIMOV MIRZO ULUGBEK INNOVATION CENTER’NING YaNGI DIREKTORI ETIB TAYINLANDI'ning rasmi

Mirzo Ulugbek Innovation Center axborot texnologiyalari ishlanmalarini qo`llab-quvvatlash va joriy etish innovasion markazida kadrlar o`zgarishi ro`y berdi, deb xabar beradi markazning rasmiy sayti.

Markazga yangi direktor etib bunga qadar Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasining «Kompyuterlashtirish va Geoinformatika texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi» direktori bo`lib ishlagan Farhod Ibragimov tayinlandi.

Yangi rahbarni markaz kollektiviga 30 noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o`rinbosari Olimjon Umarov tanishtirdi.

Yangi direktorning oldiga qo`yilgan asosiy vazifalardan biri — Axborot texnologiyalar sohasini ishbilarmonlik muhitini yaxshilash orqali rivojlantirish, shuningdek IT-industriya eksportini oshirishdan iborat.

Innovasion markazga bunga qadar direktorlik qilgan Xurshid Sultonov Mirzo Ulugbek Innovation Center markazida ishlashni davom etadi. U markazning o`quv muassasalari bilan hamkorligiga javobgar bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar