AsosiyJamiyat

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUSIYaSI YaNGIDAN NAShRDAN ChIQARILDI

'O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUSIYaSI YaNGIDAN NAShRDAN ChIQARILDI'ning rasmi

1992 yil 8 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida muhim tarixiy voqea bo`ldi.

O`tgan davr mobaynida Konstitusiyamizda muhrlab qo`yilgan tamoyil va qoidalar negizida milliy qonunchilik tizimi barpo etildi. Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyati yuksalishiga, hayotimizning barcha sohasida amalga oshirilgan samarali islohotlarga asos bo`ldi.

Fuqarolarimiz huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularning siyosiy faolligini oshirishda ham Konstitusiyaning o`rni va ahamiyati beqiyos ekanini alohida ta`kidlash joiz.

Konstitusiyamizda belgilangan qonun ustuvorligi prinsipi jamiyatimizda inson huquq va erkinliklarini ta`minlash, barcha islohotlarni samarali amalga oshirishning muhim kafolatidir.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 20 iyundagi «O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmoyishi Asosiy Qonunimizga bo`lgan yuksak e`tibor namunasi bo`lishi bilan birga, uni yanada puxta o`rganish, targ`ib etishga oid ishlarni yangi bosqichga ko`tardi, deb yozadi O`zA.

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining «O`zbekiston» nashriyoti tomonidan yangidan nashrdan chiqarilgani Asosiy Qonunimizning 25 yillik ayyomiga munosib tuhfa bo`ldi. Konstitusiyaning yangi nashrida so`nggi yillarda Asosiy Qonunimizga kiritilgan o`zgartish va qo`shimchalar o`z ifodasini topgan.

Kitob o`zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida ko`p ming nusxada chop etildi.

:.0001pt;text-align: justify;line-height:normal'>Tadbir ishtirokchilari ushbu asarda mintaqamiz davlatlarining do`stona munosabatlarini mustahkamlash masalalariga alohida e`tibor qaratilganini qayd etdilar.

    Boshqa yangiliklar