— Dugonamning otasi katta qiziga alohida uy olib bergan. O`zi esa xotinining vafotidan keyin boshqa ayolga uylanib, bo`lak uy-joy qilgandi. U kishi vafot etgach, ikkinchi xotini qizlarning uyiga ham ega chiqmoqchi bo`layapti. Shunday qilishi mumkinmi? Axir yashashi uchun uy-joy bor-ku?!
Lola Sobirova, Toshkent
— Dugonangizning opasi yashab kelayotgan uy marhum otasining nomiga rasmiylashtirilgan bo`lsa, ikkinchi xotini meros talab qilishi mumkin.






