— Turmush o`rtog`im vafot etgan. U bilan qonuniy nikohdan o`tmagandik. Ikki nafar farzandim uchun 14 yoshgacha bo`lgan moddiy yordam pulini olishim mumkinmi?
Yulduz Hojiboeva, Chirchiq shahri
— Farzandingiz uch yoshdan oshgan bo`lsa, bolaning 14 yoshigacha beriladigan moddiy yordam pulini olish uchun siz mehnat faoliyatiga ega bo`lishingiz kerak. Doimiy ro`yxatdan o`tgan joyingiz bo`yicha mahalla fuqarolari yig`ini masala yuzasidan sizga atroflicha ma`lumot berishi mumkin.






