AsosiySavol-javob

«MODDIY YoRDAM BERILADIMI?»

'«MODDIY YoRDAM BERILADIMI?»'ning rasmi


To`yimizdan keyin erim uyni sotdi. Shundan beri ijarada yashaymiz. O`zim va ikki farzandim ham ota-onamning uyiga propiska qilinganmiz. Oilamiz moddiy tomondan qiynalib qolgani bois hokimiyatga murojaat qilgandim. Biroq javob bo`lmadi. Ishga joylashay desam, kollej diplomi bilan hech qaerga olishmayapti. Yo`l-yo`riq ko`rsating, nima qilay?

Shahrizoda Bo`taeva, Farg`ona viloyati

— Ishga joylashish masalasida tumandagi Bandlikka ko`maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan bog`lansangiz, mutaxassisligingizga ko`ra, ish topishga yordam berishadi. Moddiy yordam uchun esa doimiy ro`yxatdan o`tgan manzilingizdagi mahalla fuqarolari yig`iniga uchrashing. Arizangiz tegishli tartibda ko`rib chiqiladi.

    Boshqa yangiliklar