Javobgarlikdan qo`rqasiz
Siz doimo lavozimingizga oid majburiyatlarni yaxshi bajarasiz, ammo eng muhim vaqtda ham mustaqil qarorlar qabul qilishga qo`rqasiz.
Teng yo`q xodimsiz!
O`z ishingizni shu darajada qoyilmaqom qilib bajarasizki, rahbariyat o`rningizda boshqa biror-bir kimsani tasavvur etolmaydi. Vaziyat shunday ekan, idoradagi ko`tarilish imkoniyatingiz bor-yo`qligi haqida ochiq-oydin so`rab olishning ayni vaqti. Agar siz qimmatli, qadrli xodim bo`lsangiz, xizmat pillapoyalaridan ko`tarilishingiz tabiiy.
Haddan tashqari tortinchoq
Lavozimingiz ko`tarilishini istaysizmi? Yo`lboshchilik fazilatlariga ega ekanligingizni namoyish eting. Sizni payqab qolishlari va etarlicha baho berishlari uchun tashabbus ko`rsatib, biror-bir loyihaga boshchilik qiling.
Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi






