AsosiyJamiyat

TURKIYaLIK JURNALISTLAR BUXORODA

'TURKIYaLIK JURNALISTLAR BUXORODA'ning rasmi

Mamlakatimizga kelgan bir guruh turkiyalik jurnalistlar 29 noyabr kuni Buxoroda bo`ldi.


“Afrosiyob” tezyurar poezdida Samarqanddan kelgan mehmonlarni “Buxoro”

temir yo`l vokzalida Buxoro viloyati hokimining turizmni rivojlantirish

masalalari bo`yicha o`rinbosari B.Shahriyorov va boshqalar kutib oldi.

3.jpg


Turkiyalik jurnalistlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning joriy yil 25-26 oktyabr kunlari Turkiya Respublikasiga davlat tashrifi chog`ida erishilgan o`zaro kelishuvga asosan yurtimizga keldi.

O`zA xabariga ko`ra, Turkiya ommaviy axborot vositalari xodimlari Sharq gavhari bo`lgan qadimiy Buxoroning dunyoga mashhur tarixiy-me`moriy yodgorliklari sirasiga kiruvchi Minorai Kalon, Masjidi Kalon, Poyi Kalon hamda Labi hovuz majmualari, Ismoil Somoniy va boshqa diqqatga sazovor joylarini tomosha qildi.

11 (1).jpg


– O`zbekistonning qadimiy shaharlari, ayniqsa, Buxoro haqida ko`p o`qiganmiz, eshitganmiz, – deydi “Yangi Birlik” gazetasi muxbiri Musa Ali o`g`li. – Bu erga kelish ko`pchiligimizning orzuimiz edi. Mana, qadim shahardamiz. Yodgorliklari, mehmondo`st odamlari, umuman, barchasi hayratlanarli. Men va hamkasblarim Buxoroga safar taassurotlarimizni matbuotimiz sahifalari va teleko`rsatuvlarda hikoya qilamiz. Bu Turkiyada O`zbekistonga qiziqishni yanada oshiradi. Demak, sayyohlar soni ko`payadi.

Mehmonlar Bahouddin Naqshband yodgorlik majumasida ham bo`lib, buyuk ajdodimiz qabrini ziyorat qildi. Ushbu maskanni obod etish va uni tabarruk ziyoratgohga aylantirish borasida amalga oshirilgan ishlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

14 (1).jpg


– Turkiyada Naqshbandiya tariqati, uning ezgu g`oyasini yaxshi bilishadi, – deydi «INA» axborot agentligi muxbiri Mexmet Umer Qilich. – Biz Bahouddin Naqshband hazaratlari qabrini ziyorat qildik. Bunday muqaddas qadamjolar kishi ruhini engil qiladi, insonni ezgu ishlarga undaydi. Men Buxoroga yana kelish, bu qutlug` zaminda yashab o`tgan Abdulxoliq G`ijduvoniy, Xo`ja Orif Mohitobon, Muhammad Boboi Samosiy, Said Amir Kulol kabi Naqshband bobomizning ustozlari qabrlarini ziyorat qilishni ko`nglimga tugdim.

    Boshqa yangiliklar