Buyuk Britaniyaning “TechRadar” nashriyoti 2017 yilning eng yaxshi smartfonlari reytingini tuzdi.
Ro`yxatda dastlabki ikki o`rinni Janubiy Koreyaning “Samsung” korporasiyasiga tegishli “Galaxy S8” va “Galaxy S8 Plus” mobil qurilmalari egalladi. Mutaxassislar ushbu texnologiyalar kameralarining sifati, ishlash tezligi hamda dizaynini yuqori baholashgan. Uchinchi pog`onani esa “Google Pixel 2” qurilmasi band etdi.
“Apple” kompaniyasining yangi “iPhone X” mahsuloti to`rtinchi qatordan joy oldi.






