AsosiySUG'DIYONA

SIRDARYoChA TUHFA

'SIRDARYoChA TUHFA'ning rasmi

Zarur masalliqlar: 1 kg. baliq go`shti, 150 gr. non, 2 dona tuxum, 1 bosh piyoz, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, 3 osh qoshiq o`simlik yog`i, murch, shivit, tuz, qizil va qora murch, zira.

Tayyorlanishi: 1. Baliqning terisini shilib, go`shtini qiltanoqlaridan ajratib oling. Piyozni maydalab to`g`rab, qizdirilgan o`simlik yog`ida qovuring-da, baliq bilan birga go`shtqiymalagichdan o`tkazing yoki blenderda maydalang.

2. Tuxum, ziravor, murch va maydalangan shivitni ham qo`shing-da, aralashtiring.

3. Nonni sutda ivitib, sarimsoqpiyozni esa ezib qo`shing. To bir xil masalliq hosil bo`lguncha qiymani aralashtiring. Tuz namagini sozlang.

4. Qiymadan istasangiz kotletlar yasab, o`simlik yog`ida qovurib olishingiz mumkin. Yoki pirogdek yog`langan patnisga solib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 40 daqiqada pishirib oling.

1 soat

4 kishilik

Boshqa yangiliklar