AsosiyBu qiziq

Smithsonian Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси марказини 2026 йилда дунёдаги ТОП-10 музей қаторига киритди

Toshkentda barpo etilayotgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Smithsonian Magazine — AQShdagi Smitson institutining rasmiy nashri talqiniga koʻra, 2026 yilda dunyoda eng katta qiziqish bilan kutlangan 10 ta muzeydan biri sifatida eʼtirof etildi.

'Smithsonian Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси марказини 2026 йилда дунёдаги ТОП-10 музей қаторига киритди'ning rasmi

1970 yilda tashkil etilgan ushbu jurnal fan, tarix, madaniyat va muzeyshunoslik sohalarida xalqaro miqyosda nufuzli ilmiy-ommabop nashr hisoblanadi. Uning reytinglariga kiritilish loyihalar uchun jahon darajasidagi yuqori ekspert bahosining belgisi sifatida qaraladi.

Nufuzli reytingga, shuningdek, Lucas Museum of Narrative Art (Los-Anjeles), National Geographic Museum of Exploration (Vashington, D.C.), London Museum (London), MoN Takanawa: The Museum of Narratives (Tokio), The Hip Hop Museum (Nyu-York) va Kanal–Centre Pompidou (Bryussel) kabi mashhur muzey loyihalari ham kiritilgan. Bu esa O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazini jahon miqyosidagi eng yirik muzey tashabbuslari bilan bir qatorga qo‘yadi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazining ochilishi 2026 yil mart oyiga rejalashtirilgan. Smithsonian Magazine ta’kidlashicha, uch qavatli muzey majmuasi keng ko‘lamli ko‘rgazma maydonlari, Renessans davri zallari, shuningdek, turli tarixiy davrlarda yaratilgan Qur’oni Karimning 114 ta qo‘lyozma nusxasidan iborat noyob to‘plamni o‘z ichiga oladi. Ular orasida VII asrga mansub Usmon Qur’oni — dunyoda saqlanib qolgan eng qadimiy muqaddas kitob nusxalaridan biri ham mavjud.

Jurnal markazda zamonaviy raqamli texnologiyalar keng qo‘llanilishini alohida qayd etadi. Xususan, sun’iy intellekt asosida yaratilgan “jonli portretlar” orqali tashrif buyuruvchilar buyuk islom olimu mutafakkirlari bilan virtual muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Islom tsivilizatsiyasi markazi tarkibida, shuningdek, islomiy merosni o‘rganishga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot instituti, qadimiy qo‘lyozmalarni restavratsiya qilish laboratoriyalari hamda 460 o‘rinli xalqaro konferensiya zali faoliyat yuritadi. Bu esa markazning jahon darajasidagi ko‘p funksiyali ilmiy-ma’rifiy va madaniy makon sifatidagi maqomini belgilaydi.

Smithsonian Magazine majmua arxitekturasiga ham alohida e’tibor qarata-di. Unda Temuriylar davriga xos an’anaviy Markaziy Osiyo uslubi va zamonaviy arxitektura yechimlari uyg‘unlashgan. Balandligi 65 metrga teng bo‘lgan ko‘k gumbaz islom tsivilizatsiyasining ilmiy-ma’naviy merosi ulug‘vorligi va chuqur ramziy ma’nosini ifoda etadi.

Smithsonian Magazine tomonidan O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazining dunyoda eng kutilgan muzeylar ro‘yxatiga kiritilishi mamlakatning jahon merosiga qo‘shgan ilmiy, ma’naviy va madaniy hissasining muhim xalqaro e’tirofi, shuningdek, O‘zbekistonning global madaniy makondagi nufuzi tobora oshib borayotganining tasdiqi sifatida baholanmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bitcoin narxi oxirgi oylardagi eng past darajaga tushdi'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 04:56

    Bitcoin narxi oxirgi oylardagi eng past darajaga tushdi

    3 fevral kuni kechqurun bitkoin kursi 2024 yil noyabridan beri ilk bor keskin pasayishni qayd etdi.

    ''ning rasmi

    Bu qiziq 04.02.2026 10:10

    'Importga dunyo qanchalik qaram?'ning rasmi

    Bu qiziq 04.02.2026 09:41

    Importga dunyo qanchalik qaram?

    Bugungi kunda ayrim davlatlar iqtisodiyoti tashqi bozorlarsiz deyarli yashay olmaydi — ayrim mamlakatlarda import hajmi hatto YaIMdan ham oshgan.

    'Bugun qanday ob-havo bo‘lishi aytildi'ning rasmi

    Bu qiziq 04.02.2026 03:01

    Bugun qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

    “O‘zgidromet” 4 fevral kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

    'NASA: Quyoshda X8 darajadagi kuchli chaqnashlar yuz berdi'ning rasmi

    Bu qiziq 03.02.2026 14:21

    NASA: Quyoshda X8 darajadagi kuchli chaqnashlar yuz berdi

    Olimlar fikriga ko‘ra, bunday chaqiriqlar radioaloqa, elektr tarmoqlari va navigatsiya signallariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

    'Bugun ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

    Bu qiziq 03.02.2026 02:51

    Bugun ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi

    “O‘zgidromet” 3 fevral kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.