AsosiySUG'DIYONA

SOVG`ANI BURJGA MOSLAB TANLANG

1. Hamal

Faol «Hamal»lar har doim, ayniqsa bayram yoki tug`ilgan kunlardan oldin ortiqcha vazn to`plamaslikka, qomatni saqlashga harakat qiladilar. Demak, ularga sport buyumlari, kiyimlar to`plamini sovg`a qilsangiz, juda xursand bo`lishadi. «Hamal»lar qizil rangni yoqtirishadi, shu rangdagi sharf yoki aksesuarlar ham ayni muddao. Agar «Hamal» sizning turmush o`rtog`ingiz bo`lsa, uning qiziqishlari hamma narsadan muhimligini bildirish maqsadida, u qiziqqan sport musobaqasiga chipta sovg`a qiling.

2. Savr

«Savr»larning ichini topsangiz bo`ldi, hamma sovg`a yoqaveradi. Masalan, qimmat shokolad, mayin kashmir choyshabi kabilar. Bu burj vakillarig sovg`a o`rniga pul bersangiz ham bo`ladi, o`zlariga yoqqan kerakli narsani sotib olishadi. Yodda tuting: «savr» lar uchun son emas, sifat muhim. Masalan, u katta idishdagi arzon atirdan ko`ra kichik, ammo sifatlisini xush ko`radi.

3. Javzo

Intellektual burj vakillari aqlli insonlar uchun mo`ljallangan sovg`alarni afzal ko`rishadi. Yaqinda chop etilgan kitob, mashxur bir gazeta yoki jurnalga obuna, «javzo»lar uchun eng qadrli sovg`a. Bu burj vakillari uchun qo`l go`zalligi birinchi o`rinda turadi, demak qo`l uchun mo`ljallangan sifatli krem va marvarid ko`zli uzukdan ularning boshi osmonga etadi. Yana ular uylarida tez-tez bayram kechalari o`tkazib turishadi, idish-tovoє to`plami hadya qilsangiz ham bo`ladi.

4. Saraton

His tuyg`uga boy «saraton»lar faqat uning uchungina tanlangan sovg`alarni qadrlaydi. O`zingiz chizgan surat, to`qigan sviteringiz, yoki maxsus resept bilan pishirilgan tort bo`lsinmi, qo`yingki, qo`lda yasalgan hamma sovg`alar «saraton»ning jonu dili. Ushbu burj vakillari uy bekasi vazifasini ma`єul ko`rishadi. Demakki, pishiriqlar resepti kitobini sovg`a qilishingiz ham mumkin.

5. Asad

«Asad»larga soch uchun akssesuarlar, kosmetik vositalar, tilla taqinchoqlar yoki yorqin rangdagi kiyimlarni sovg`a qilib,, aslo adashmaysiz. Kiyim sotib olayotganda yodda tuting, «asad»larga tillarang, siyohrang va qizil ranglar yoqadi.

6. Sunbula

Mazkur burj vakillariga shunchaki uyda chang bosib yotadigan narsa emas, ishlatiladigan foydali sovg`alar tanlasangiz adashmaysiz. Masalan, changyutgich yoki mikserga o`xshash. «Sunbula»lar hayotda hamma narsani rejaga asosan bajarishadi, sifatli soat yoki charm muqovali yon daftarlar ham ayni muddao.

7. Mezon

«Mezon»lar yoqimli musiqa shaydosi bo`lishadi, ularga disk (xard-fleshka), qo`shiqlar jamlanmasi yoki u yoqtirgan qo`shiqchi konsertiga ikki kishilik chipta hadya eting. Ayol «mezon»lar tilaklar yozilgan nomali guldastadan ham boshi ko`kka etib єuvonishadi.

8. Aqrab

«Aqrab»lar tabiatan juda sirli bo`lib, ularga aynan xarakterlariga mos sovg`alar yoqadi. Misol uchun dizaynerlar tomonidan sanoqligina yaratilgan ko`zoynak, xarir shafr yoki keng shlyapa. Ha-ya, mistika janridagi filmlar jamlanmasidan iborat disk ham ayni muddao bo`ladi.

9. Qavs

«Qavs»larga nima sovg`a qilsangiz ham chiroyli o`ram va xaltada bering. Agar unga sovg`angiz yoqmasa, u shundoq yuzingizga aytadi-qo`yadi. «Qavs»larning hayvonot olamiga qiziqishlari baland. Shuni hisobga olgan holda akvarium, zotdor it, yoki otda sayr qilish uchun taklif sovg`a uchun eng yaxshi variantlardir.

10. Jadiy

Bu burj vakillari mansabparast shaxslardir. Ofisda, ishxonada ishlatiladigan barcha buyumlar, texnika vositalari ular uchun eng qadrli sovg`a bo`ladi. «Jadiy»larning ajoyib odati bor, o`zlarini qimmat buyumlar bilan siylamaydilar, ammo shunday hadyani yaєinlaridan kutishadi.

11. Dalv

Hech qachon «dalv»larga nima yoqishini bila olmaysiz, chunki ularning qiziqishlari soniyasiga o`zgarib ketaveradi. Shuning uchun uning sizga qanchalik yaqin va qadrligiga qarab, sovg`a tanlayvering. Masalan, ikkingizning suratlaringizdan iborat albom.

12. Hut

Eng qimmatli hadya oddiygina ertaklar kitobi bo`lishi ham mumkin. «Hut»lar suvli muolajalarni yoєtirishadi. Anglaganingizdek cho`milish geli, ko`piklar, dengiz tuzlari, xushbo`y sovunlar yoki basseynda shug`ullanish uchun bir oylik chipta eng zo`r sovg`adir.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi


Boshqa yangiliklar