AsosiyShou-biznes

QISQA METRAJLI FILMLAR NAMOYIShI “U” FILMI BILAN START OLDI

'QISQA METRAJLI FILMLAR NAMOYIShI “U” FILMI BILAN START OLDI'ning rasmi

“PROLogue-2017” festivali davom etmoqda. 27-noyabr kuni festivalning eng qaynoq nuqtasi bo`lgan qisqa metrajli filmlar namoyishi boshlandi.

Namoyishni rejissyor Muhlisa Azizovaning 7 ta Xalqaro kinofestivalda ishtirok etgan, “U”(ONA) nomli filmi boshlab berdi.


Muhlisa Azizovaning “U”(ONA) nomli filmi Fransiya, Kipr, Qozog`iston, Bangladesh, Indoneziya, Hindiston, Turkiya davlatlarining xalqaro kinofestivallarida ishtirok etgan.


Shuningdek, 27-noyabr kuni festivalning saralash bosqichidan o`tgan “Janoza”, “Najot”, “Ichki hakam”, “Ustunsiz uy” kabi qisqa metrajli filmlarining namoyishi ham bo`lib o`tdi.


Bundan tashqari 27-noyabr kuni taniqli rejissyor Ali Hamraevning mahorat darsi ham bo`lib o`tdi.

    Boshqa yangiliklar