- Gaz pechini tozalashga kirishgan bo`lsangiz, avvalo uning ichini qog`oz sochiqcha bilan artib oling. So`ng ko`pikli suvda xo`llangan gubkada tozalang. Gaz pechi patnisiga ozgina idish yuvish vositasi hamda suv quyib, gaz pechini 120 daraja issiqlikda yoqing. Pechning eshigi 30 daqiqa yopiq tursin. Patnisdagi suv bug`lanib, pechning kirlangan, yog` tomgan joylari tozalashga osonlashadi. Gaz pechi sovigach, nam matoda hamma joyini artib olish kerak.
- Gaz pechi devorlari hamda eshik oynasidagi dog` va boshqa kirlarni ketkazishda iste`mol sodasi, limon kislotasi qo`l keladi. Buning uchun barcha mahsulotlardan bir choy qoshiqdan olib, aralashtiriladi. Gaz pechi ichkarisi va eshigini xo`l matoda artib, so`ng matoni aralashmaga botirib, kir joylari ishqalab chiqiladi. 15 daqiqadan so`ng toza matoda artib tashlash lozim.
- Gaz plitasining ustki qismi va pechdagi katta bo`lmagan kirlanishlarni suv hamda uksusning teng miqdordagi aralashmasi bilan tozalash mumkin.
- Yog`lardan qolgan kirlarni ketkazishni muammo deb hisoblamang. Uksus va suvni teng miqdorda aralashtirib, tozalash lozim bo`lgan joylarini artib chiqing. So`ng ozgina iste`mol sodasidan seping. Uksus hamda soda reaksiyaga kirishib, gaz plitasi ustidagi yog`larni parchalaydi. Agar sizga uksusning hidi yoqmasa, uning o`rniga limon kislotasini ham ishlatishingiz mumkin.
- Gaz pechini oddiygina nashvadil spirti bilan ham tozalasa bo`ladi. Nashvadil spirtida xo`llangan mato bilan artiladi. Keyin gaz pechini 10 soat davomida ochmaslikka harakat qiling, yaxshisi bu ishni tunda qilgan ma`qul. Ertalab toza mato bilan barcha yuzalarni artib, hid tarqab ketishi uchun gaz pechini biroz ochib qo`ying.
- Yaxshi tozalovchi vositalardan biri bu — ammiak. Gaz pechi patnisiga 200 ml ana shu moddadan quyib, qolgan qismini suv bilan to`ldiring. Matoni bu aralashmada xo`llab oling. Patnisni esa gaz pechi ichiga 30 daqiqaga tiqib qo`ying. Qo`lingizga rezina qo`lqop kiyib, gaz plitasining yuzasini xo`llangan mato bilan artib chiqing. Yarim soatdan keyin gaz plitasining yuzasi va ichini toza mato bilan artib oling.






