- O`tirgan holatda oyoq mushaklarini harakatga keltiring.
- Kurak sohasiga yumshoq sochiq qo`yib, yoting. So`ng navbat bilan oyoqlarni yuqoriga ko`taring.
- Qoringa og`irlikni tashlamagan holda, asta egilishga harakat qiling.
- Kursiga o`tirgan holatda belni avval o`ngga so`ng chap tarafga qayriltiring.
- Mashq gilamchasiga joylashing. Qo`llarni ikki yon tarafga oling. Oyoqlarni elka kengligiga moslang. So`ngra asta harakatga keltiring.
- O`tirgan holatda oyoqlarni bir-biriga chalishtiring. So`ngra chuqur nafas olib, asta o`pkani bo`shating. Asta-sekinlik bilan qo`llarni yuqoriga cho`zing.
- Mashqni yotgan holatda bajaring. Oyoqlar elka kengligiga moslangan. Qo`llarni yuqoriga ko`tarib-tushiring.
- O`tirgan holatda elkalarni harakatlantiring. Imkoni bo`lsa, bo`yinni ortga tashlab, engil tortiling.
- Qo`llarni kurak ortida birlashtirib, umurtqa pog`onasini harakatga keltiring.
- Asta-sekinlik bilan oyoqlarni yuqoriga ko`tarib, tushiring. Mashq homiladorlikning ikkinchi uch oyligida bajarilishi mumkin.
- Yotgan holatda qo`llarni birlashtiring. So`ng yana avvalgi holiga qaytarasiz. Oyoqlarning tizzadan pastki qismini harakatlantirasiz.
27.11.2017 13:03
HOMILADORLAR UChUN JISMONIY MAShQLAR






