17 noyabr kuni Shavkat Mirziyoev yoshlar siyosatiga oid yana bir qarorni imzoladi. Bu haqda O`zbekiston Yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirdi.
Yangi imzolangan qarorga ko`ra, har bir harbiy qismda yoshlar himoyachi — boshlang`ich tashkilot etakchisi saylanadi hamda harbiylar tashkilot tavsiyasi bilan uy-joy bilan ta`minlanadi.
Muddatli harbiy xizmatni o`tayotgan askarlar Ittifoq tavsiyasi bilan oliy ta`lim muassasasiga imtihonsiz, grant asosida o`qishga kiradi.
Ittifoq tavsiyasi bilan Temurbeklar maktabi bitiruvchilari Qurolli kuchlar tizimidagi oliy ta`lim muassasasiga grant asosida o`qishga qabul qilinadi.






