AsosiyJamiyat

ENG QADIMIY QUR`ONI KARIM SAHIFALARI QAYSI ShAHARLARDA SAQLANADI?

'ENG QADIMIY QUR`ONI KARIM SAHIFALARI QAYSI ShAHARLARDA SAQLANADI?'ning rasmi

28-29 noyabr kunlari Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi doirasida O`zbekiston Hukumati vakillariga "Katta Langar Qur`oni"ning faksimile qo`lyozmasi ham topshiriladi.

Ushbu qo`lyozma Qur`oni Karimning bizgacha etib kelgan eng qadimiy va bebaho nusxalaridan sanaladi. Qo`lyozma VIII asr oxirlarida pergamentga kufiy-hijoziy xatida bitilgan. Neva daryosining sohilida, Rossiya fanlar akademiyasining Sharq qo`lyozmalari institutida ana shu muqaddas kitobning bizga etib kelgan eng katta qismi – 81 sahifasi saqlanadi. Butun dunyoga mashhur Usmon Qur`onining nodir nusxalaridan biri sanalgan bu qo`lyozma RAF Sharq qo`lyozmalari institutiga Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumani Katta Langar qishlog`idan borib qolgan. Bu kitobning yana 16 sahifasi O`zbekistonda – Katta Langar qishlog`ida, Toshkent va Buxoroda saqlanadi.

    Boshqa yangiliklar