"TETRASOFT GROUP" ma`suliyati cheklangan jamiyati mutaxassislari tomonidan dorixonalarning dori vositalari bilan ishlaydigan bo`limlarida hisobot berish, ish yuritish va hisobotlarni to`liq avtomatlashtirishni ta`minlash uchun mo`ljallangan tizim yaratildi, deb xabar berdi O`zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi rasmiy sayti.
Tizim etkazib beruvchidan olingan va qaytarilgan tovar hisobi, qayta baholash, hisobdan chiqarish va inventarizasiya qilish, qutilari ochilib, donalab sotilgan dorilar hisobi, muddati tugagan dorilarni boshqa rangda ajratib qo`yish, har qanday davr uchun omborda (balans) hisob-kitob o`tkazish, har qanday davr uchun tovar aylanishi (kirim, chiqim), chekning istalgan muddati uchun kassa hisoboti (pul mablag`lari, terminal) inkassasiya; kassa kitobi, bir vaqtning o`zida bir nechta mijozlarga xizmat ko`rsatish, sotilgan chekning bekor qilinishi (qaytarib olish), kassa hisobi kassirlar almashinuvida amalga oshiriladi, (kassaning ochilish vaqti, naqd pul summasi, terminal), ofis hujjatlari formatida (MS Word, MS Excel) chiqish hujjatlarini shakllantirish, muayyan shablonga muvofiq hujjatlarni avtomatik shakllantirish, shuningdek mijoz iltimosiga ko`ra savdo uskunalarini qo`llab-quvvatlash (shtrix skaner...) kabi funksional imkoniyatlarga ega.
Mualliflar To`lqin Ahmadjonov, Jahongir Zokirov va Nodirjon Mahmudovlarga ushbu dasturlari uchun DGU 04716 raqamli guvohnoma berildi.






