AQSh prezidenti Donald Tramp kecha, 21 noyabr kuni Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildilar. Suhbat 1 soatga yaqin davom etgan. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, davlat rahbarlari Ukraina, Suriya, Afg`oniston, Eron va KXDRdagi vaziyatlarni muhokama qilganlar.
Vladimir Putin suhbat davomida terrorchilikka qarshi kurashish yo`nalishida AQSh bilan hamkorlik ijobiy natijalar berishini ma`lum qildi. Buning uchun ikki davlatning maxsus xizmat kuchlarini birlashtirish lozimligi ta`kidlandi.
Avvalroq, Rossiya prezidentining Suriya rahbari Bashar Asad bilan Sochida uchrashgani haqida xabar bergan edik. Qabul davomida Vladimir Putin Donald Tramp bilan muloqot qilishi haqida ma`lum qilgan edi.






