AsosiyJamiyat

​​RUHIY KASALLIKLAR ShIFOXONASIDAN QOChGAN UChINChI ShAXS QO`LGA OLINDI​

'​​RUHIY KASALLIKLAR ShIFOXONASIDAN QOChGAN UChINChI ShAXS QO`LGA OLINDI​'ning rasmi

2017 yilning 21 noyabr kuni soat taxminan 15:00larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, Chilonzor tumanida joylashgan “Abu Saxiy” bozori hududida, 2017 yilning 20 noyabr kuni Olmazor tumanida joylashgan ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochgan uchinchi shaxs Omonov Sherqul Safarovich qo`lga olindi.

Ushlash jarayonida, u yonida bo`lgan pichoq bilan ichki ishlar organlari xodimiga qurolli faol qarshilik ko`rsatib, yon atrofdagilarga nisbatan jiddiy xavf tug`dirgan. Biroq, IIO xodimi tan jarohati olgan bo`lishiga qaramay, yuqori professional tayyorgarligi va jasorati tufayli Sh.S.Omonovni qurolsizlantirib, qo`lga olgan.

    Boshqa yangiliklar