So`nggi yillarda oliy ta`lim muassasalariga kirish istagida bo`lgan abiturientlar soni keskin ortib bormoqda. Yildan yilga o`sish o`rtacha 10 foizni tashkil etib, xususan, 2016 yilda 663 ming, 2017 yilda 729 mingdan ziyod abiturient oliy ta`lim muassasalariga hujjat topshirgan. Tahlillarga ko`ra, 2018 yilda oliy ta`lim muassasalariga 810 mingdan ortiq abiturient hujjat topshirishi kutilmoqda.






