AsosiyJamiyat

TERMIZDA AFG`ONISTON FUQAROLARINI O`QITISh MARKAZI OChILADI

dasturlari bo`yicha kadrlarni tayyorlash, shuningdek, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug`ullanadi.

Ta`lim Afg`oniston tomonining arizasiga muvofiq, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tasdiqlagan o`quv rejalari va dasturlari asosida kunduzgi yoki sirtqi shakllarda amalga oshiriladi. O`qish muddati tezlashtirilgan shaklda bo`lishi mumkin. Akademik guruhlar belgilangan maqsad, milliy-madaniy o`ziga xosliklar va ta`lim tiliga bog`liq ravishda turlicha shakllantirilishi mumkin.

Afg`oniston Islom Respublikasining fuqarolari o`kish uchun to`lovni O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalarida o`qiyotgan chet el fuqarolari uchun nazarda tutilgan ta`lim qiymatining 50 foizi miqdorida yuborayotgan tomon mablag`lari hisobidan to`laydi, to`lovning qolgan qismi “O`zbekiston temir yullari” AJ mablag`lari hisobidan qoplanadi.

    Boshqa yangiliklar