Yaqinda Toshkent shahridagi «Baktria press» nashriyotida «Ulug` insonlar ma`naviyati» deb nomlangan kitob chop etildi.
Saidmuxtor Saidqosimov muallifligidagi ushbu publisistik ocherkda O`rta Osiyo va Qozog`iston mintaqasida islom dini rivojiga ulkan hissa qo`shgan muftiylar – Eshon Boboxon, Ziyovuddin ibn Eshon Boboxon hamda arabshunos va islomshunos olim Shamsiddin Boboxonovning sermazmun hayoti, serqirra ijodi, keng ilmiy faoliyati haqida hikoya qilinadi.
Qiziqarli xotiralar asosida yozilgan ushbu asar o`zlarining millatimiz ma`naviy pokligini, muqaddas dinimiz sofligini saqlash yo`lidagi beqiyos xizmatlari bilan xalqimiz xotirasida o`chmas iz qoldirgan insonlarning ibratli hayotlari tahliliga bag`ishlangani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.






