AsosiyJamiyat

TOShKENT YuRIDIK KOLLEJI TOShKENT DAVLAT YuRIDIK UNIVERSITETI TASARRUFIGA O`TKAZILDI

'TOShKENT YuRIDIK KOLLEJI TOShKENT DAVLAT YuRIDIK UNIVERSITETI TASARRUFIGA O`TKAZILDI'ning rasmi

Adliya vazirligining Toshkent yuridik kollejida o`quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmunini tubdan takomillashtirish maqsadida 2017 yil 10 noyabrda Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq kollejdagi muhitni sog`lomlashtirish va mavjud muammolarning tezkor echimini topish maqsadida Toshkent yuridik kolleji faoliyatini o`rganish va uni takomillashtirish bo`yicha komissiya tashkil etildi.

Komissiyaga bir oylik muddatda kollejning rahbar va pedagog kadrlarini attestasiyadan o`tkazish hamda kollejni zamonaviy talablarga javob beradigan, yuksak malaka, professional tayyorgarlik va ma`naviy-axloqiy fazilatlarga ega boshqaruv va pedagog kadrlar bilan to`ldirish vazifasi topshirildi.

Shuningdek, qaror bilan Toshkent yuridik kolleji Toshkent davlat yuridik universiteti tasarrufiga o`tkazildi.

Shu bilan birga, qarorga muvofiq Toshkent yuridik kollejida o`quv jarayonini tubdan yaxshilash, o`quvchilarni o`qitish sifatini, ma`naviy-axloqiy tarbiyalash, ularning huquqiy madaniyati va ongini oshirish, shuningdek, kollejning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo`yicha Tadbirlar rejasi ham tasdiqlandi.

Qarorda o`quvchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartib bilan bir qatorda, o`quv intizomi va kollej ichki tartib-qoidalarini buzganligi, shu jumladan semestr davomida uzrsiz sabablarga ko`ra darslarni 74 soatdan ortiq vaqt qoldirgani, shuningdek, odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun ham Toshkent yuridik kollejdan chetlashtirilishi belgilab qo`yildi.

Bundan tashqari, qarorda Toshkent davlat yuridik universitetiga universitetning byudjetdan tashqari mablag`lari hisobidan kollej uchun o`quv-laboratoriya uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o`quv qo`llanmalari, engil avtotransport vositalari sotib olish, shuningdek, kollej xodimi va o`quvchilarini moddiy qo`llab-quvvatlash huquqi berildi.

    Boshqa yangiliklar