AsosiyDunyo

XITOYNING “GEELY” KOMPANIYaSI AQShNING UChAR MAShINALARINI SOTIB OLDI

'XITOYNING “GEELY” KOMPANIYaSI AQShNING UChAR MAShINALARINI SOTIB OLDI'ning rasmi


Xitoyning “Zhejiang Geely Holding Group” korxonasi AQShning uchadigan avtomobillar ishlab chiqaruvchi “Terrafugia Inc” kompaniyasining barcha aksiyalarini sotib olganini ma`lum qildi.

Kompaniya buning uchun AQShning tegishli tashkilotlari roziligini olgan. Biroq bitimning moliyaviy tomonlari haqida ma`lumotlar oshkor qilinmagan.

“Sin`xua” axborot agentligi xabariga ko`ra, xaridor “Terrafugia Inc”ga investisiya kiritish hamda uchuvchi mashinalar loyihasini muvafaqqiyatli amalga oshirishni zimmasiga olgan.

Ma`lumot uchun: “Terrafugia Inc” kompaniyasiga 2006 yilda asos solingan bo`lib, u 2019 yilda birinchi uchadigan avtomashinani bozorga chiqarishni maqsad qilgan.

Shartnomaga muvofiq, “Terrafugia Inc” AQShda qoladi. Uchadigan atomobillar yaratish va uni yanada takomillashtirish ustida izlanishlarni davom ettiradi.

“Zhejiang Geely Holding Group” Xitoyning yirik avtomobilsozlik korxonalaridan biri bo`lib, u 2016 yilda dunyo miqyosida 1,3 million dona mashina sotgan.

    Boshqa yangiliklar