Har qanday vaziyatda yoningizdagi insonni birgina ko`z qarashidan nima istayotganini tushunib olish chinakkam yutuq. Xayoldan nima o`tayotganini o`qiy olish qobiliyati esa hech kimda yo`q. Lekin ayollar va erkaklar psixologiyasidan kelib chiqsak, masala anchayin oydinlashadi. Shu ma`noda sizlar bilan erkaklar psixologiyasidagi nozik sirlarni bo`lishib, shahzodangizning chinakam malikasi bo`lishingizga yordam berish...
1. Hissiyotlarga berilib quyushqondan chiqmang. O`zingizni boshqara olmasligingizni hazm qilolmay qolgani uchun ko`chadan najot izlashga tushadi.
Maslahat: Istalgan vaziyatdan vazminlik bilan chiqishga odatlaning.
2. So`zlarni saralab gapiring. Nizoli vaziyatda ham umumiy nuqtada birlashishga harakat qiling. Bu mas`uliyatli qadamni siz bosishingizga to`g`ri keladi. Sababi erkak kishi hech qachon gapirgan gapidan osonlikcha qaytmaydi.
Maslahat: Ish janjalgacha etib borsa, yaxshisi jahldan tushishini kuting. Yo`qsa, hech qanday natijaga erisha olmaysiz.
3. Samimiyatni yo`qotmang. Erkak kishining ko`ngliga yo`l topishning oson yo`li, bu — samimiyat. Har bir erkak yonidagi nozik hilqat vakiliga o`ziga ishongandek ishonishni istaydi.
Maslahat: Qancha samimiy bo`lsangiz, marra sizniki.
4. Maqsad sari intilish. «Erim boqadi, uy bekasi bo`laman», deb umrini maqsadsiz o`tkazadigan ayollarni ko`pchilik erkak yoqtirmaydi. To`g`ri «Rafiqamni ishlatmayman», deyishlari mumkin, lekin bu shunchaki rashkning so`zlari.
Maslahat: Yuqori marralarni zabt etishni oldiga maqsad qilib qo`ygan ayollar erkaklarning hurmatiga sazovar bo`ladi.
5. Har narsada me`yorni saqlang. Ruhshunoslar «Erkak kishi uni qattiq sevadigan ayolga nisbatan qiziqishini yo`qotadi va aksincha», degan edi.
Maslahat: Asalni ham ozi shirin!
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.






