AsosiyDunyo

ERONDA ZILZILA OQIBATIDA 140 NAFARDAN ZIYoD, IROQDA — 6 KIShI HALOK BO`LDI

'ERONDA ZILZILA OQIBATIDA 140 NAFARDAN ZIYoD, IROQDA — 6 KIShI HALOK BO`LDI'ning rasmi

Eronda sodir bo`lgan zilzila oqibatida 140 nafardan ziyod kishi hayotdan ko`z yumdi, deb xabar tarqatdi Press TV telekanali. Ushbu raqamlar yana ortishi mumkin. Qo`shni Iroqda 6 kishi halok bo`ldi, o`nlab insonlar jarohatlandi.

Yakshanba kuni Eron va Iroq chegarasida sodir bo`lgan zilzila magnitudasi 7,2 balni tashkil etdi. Eronning Kermanshoh provinsiyasi eng ko`p zarar ko`rgan bo`lib, bu erda qariyb 130 nafar inson qurbon bo`ldi, 900 nafarga yaqin kishi jarohatlandi. Provinsiyada uch kunlik motam e`lon qilindi.

RIA Novostining Eron Qizil Yarim oy jamiyati ma`lumotlariga tayanib xabar qilishicha, 70 mingga yaqin kishi boshpanasiz qolgan va vaqtinchalik turar joyga muhtoj. Hukumat jabrlanganlarga yordam ko`rsatish bo`yicha choralarni amalga oshirmoqda.

Zilzila Turkiya, Quvayt, Armaniston, Iordaniya, Livan, Saudiya Arabistoni, Qatar va Bahraynda ham sezilgan.

    Boshqa yangiliklar