20.02.2014 14:55
Shohruhxon Tohir Sodiqovga kuyov bo`lmoqchi?!
Bu xabarga oydinlik kiritish maqsadida san`atkorlarning o`zlari bilan bog`landik.
Tohir Sodiqov: — (Avvaliga biroz ajablanib) Birinchidan qizim judayosh. O`qishi kerak. Uni uzatish haqida hali o`ylab ko`rganimiz ham yo`q. Ikkinchidan esa kuyovim Shohruxxon deb o`ylayotganlar ham qattiq adashishadi. Ustiga ustak Shoxruhning yoshi qizimdan ancha katta. Qizim turmushga chiqadigan vaqt kelguncha u haqiqiy cholga aylanib qoladi (kuladi).
Shohruxxon esa bu savolni eshitib, miriqib kuldi. “Odamlar bekorchilikdan qanday mish-mish to`qishni bilmay endi bu gapni chiqarishibdimi? Tohir aka menning ustozim. 2005 yil sahnaga olib chiqqan inson ham o`zlari. U insonni men ustoz sifatida qattiq hurmat qilaman. Kuyov bo`lish haqida esa hech o`ylab ko`rmagan ekanman (kuladi)”.
Darvoqe, yuqoridagi gaplar rost bo`lib chiqqanda, bu xonandalar uchun haqiqiy “bomba” piarga aylangan bo`lar edi. Ammo shou biznesning mazkur yangiligi quruq mish-mishdan u yog`iga o`tmadi...





