AsosiyJamiyat

​YoShLAR PRESS KLUBIDA YoSh KINOIJODKORLAR KENGAShINING TAQDIMOTI BO`LIB O`TDI

'​YoShLAR PRESS KLUBIDA YoSh KINOIJODKORLAR KENGAShINING TAQDIMOTI BO`LIB O`TDI'ning rasmi

YoShLAR PRESS KLUBIDA YoSh KINOIJODKORLAR KENGAShINING TAQDIMOTI BO`LIB O`TDI

"O`zbekkino" Milliy agentligi bosh direktori F.Zokirov, O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining o`rinbosari K.Beknazarov va boshqalar joriy yil 8 avgust kuni O`zbekiston yoshlar ittifoqi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolanib, unda mazkur tashkilotlar muassisligida "Yosh kinoijodkorlar kengashi" nodavlat notijorat tashkilotining ta`sis etilishi belgilab qo`yilganini qayd etdi.

Yosh kinoijodkorlar kengashi 2017 yil 31 avgust kuni Adliya vazirligida belgilangan tartibda davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Mazkur Kengashning asosiy maqsadi yoshlarning kinematografiya sohasidagi ijodiy faoliyatini rivojlantirishga yaqindan ko`maklashish, kino san`ati vositasida navqiron avlodni vatanparvarlik, fidoyilik, milliy an`analarmizga hurmat ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

Yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta`sir o`tkazadigan badiiy, hujjatli, multiplikasion va qisqa metrajli filmlar, teleseriallar yaratish, turli ijodiy loyihalar, tanlov va festivallar, kinoanjumanlar tashkil etish, kino san`ati uchun zarur mutaxassislar zaxirasini yaratish ham mazkur Kengashning asosiy vazifalari sirasiga kiradi.

Taqdimotda Yosh kinoijodkorlar kengashining ijodiy loyihalari, hamkorlikdagi chora-tadbirlari xususida ma`lumot berildi.

    Boshqa yangiliklar