AsosiyJamiyat

​SIRDARYoDA 2017-2021 YILLARDA YaNA 904 ARZON UY-JOY QURILIShI BELGILANGAN

'​SIRDARYoDA 2017-2021 YILLARDA YaNA 904 ARZON UY-JOY QURILIShI BELGILANGAN'ning rasmi

SIRDARYoDA 2017-2021 YILLARDA YaNA 904 ARZON UY-JOY QURILIShI BELGILANGAN

Sirdaryo viloyatining Guliston tumani “Mevazor” massivida har biri 2 sotixdan iborat 3 xonali 38 uy foydalanishga topshirildi.

Prezidentimizning 2016 yil 21 oktyabrdagi “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo`yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to`g`risida”gi qarori ijrosi doirasida barpo etilgan uylar “Bahodir Boyovut quruvchi” firmasi bunyodkorlari tomonidan qurildi.

–Guliston shahridagi ko`p qavatli uylardan birida ijarada turar edik, – deydi 15-maxsus maktabgacha ta`lim muassasasi xodimi E.Abdurahmonova. – Yaratganga shukur, yangilangan namunaviy loyihalar bo`yicha qurilgan arzon uy-joylardan biriga ko`chib o`tdik. Boshlang`ich badali 15 foiz ekan. Bundan tashqari, ipoteka krediti 3 yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yilda yillik miqdor 7 foiz bo`lib, 15 yil muddatga berildi. Bunday imtiyoz va engilliklar uchun davlatimizdan minnatdormiz. Endi shu erda to`ylar qilamiz, qiz chiqarib, o`g`il uylaymiz.

Viloyatda 2017-2021 yillarda yana 21 massivda 904 arzon uy-joy qurilishi belgilangan.

Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi G`.Mirzaev so`zga chiqdi.

    Boshqa yangiliklar