19.02.2014 14:17
Munisa Rizaeva jonli ijroda konsert berishga jazm qildi
Oradan ko`p vaqt o`tmay ularning munosabatlari darz ketib, Ahmedov “Setora” guruhining sobiq vakili Nilufar bilan hamkorlikni yo`lga qo`ydi. Yaqinda esa Ibrohim Ahmedov va Munisa Rizaeva o`rtasida aloqalar tiklanib, faoliyat yana davom ettirilyapti, degan gaplar tarqaldi.
Sobiq prodyuser Munisa bilan faoliyatini davom ettirish baxonasida Nilufar bilan hamkorlikka nuqta qo`yganini ma`lum qildi. Ko`pchilik Munisa konsert qilayotgani uchun atrofiga eng yaxshi mutaxassislarni, maslahatgo`ylarni to`playapti, degan fikrda.
Darvoqe, xonandaning konserti may oyidan iyunga ko`chirildi. Ko`pchilik san`atkorlar esa “Munisa xato qilib qo`ymasa bo`lgani”, degan fikrda.
Chunki yoz oylari konsert mavsumi emas. Bu oyda konsert berib, tavakkalchilik qilish Munisaga qimmatga tushmasa bo`lgani! Eng asosiysi, Munisa jonli ijroda konsert qo`yishga jazm qilgan.
Rizaeva 3 kun jonli ijroda kuylayman deb, bor ovozini ham yo`qotib qo`ymasa edi.





