AsosiyJamiyat

MARKAZIY OSIYoDA SUV SOHASIDA HAMKORLIK: ENG YaXShI AMALIYoTLAR O`RGANILDI

'MARKAZIY OSIYoDA SUV SOHASIDA HAMKORLIK: ENG YaXShI AMALIYoTLAR O`RGANILDI'ning rasmi

9-10 noyabr kunlari Andijon-Namangan-Farg`ona viloyatlarida "Markaziy Osiyoda suv sohasida hamkorlik" loyihasi doirasida suv, er va energiya resurslaridan foydalanish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza kilish borasidagi eng yaxshi amaliyotlar buyicha davra suhbati va namoyish-tur mutaxassilar va OAV vakillari ishtirokida bo`lib o`tdi. Davra suhbatida mintaqa darajasida "Markaziy Osiyoda suv sohasida hamkorlik" loyihasi doirasida qilingan ishlar haqida MOMEM STD dasturi mutaxassisi Murat Yakubov ma`lumot berdi. DMSK IAM vakili Shuhrat Muxammedjanov ham respublikamizdagi suv muammosi bo`yicha va bu muammolarning bartaraf etilishi yo`lida olib borilayotgan ishlar xususida ma`lumot berdi. Davra suhbatidan keyin ishtirokchilar Andijon viloyatining Oltinko`l tumanidagi Navigul qo`shma korxonasiga borib, u erda yo`lga qo`yilgan ishlar bilan tanishishdi. Namoyish-tur doirasida Namangan va Farg`ona viloyatlarining tomchilab sug`orish tizimi yo`lga qo`yilgan tashkilotlarining ish faoliyatini ham o`rganishdi. Uchrashuv davomida ekinlarni tomchilab sug`orishni keng yo`lga qo`yilishi suv resurslarini tejash yo`lidagi eng muhim qadamligi yana bir bor o`z isbotini topdi.


    Boshqa yangiliklar