HAMKORLIK MEMORANDUMLARI IMZOLANDI
Toshkentda bo`lib o`tgan O`zbekiston – Janubiy Koreya biznes forumi va kooperasion birja doirasida O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari eksportini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi va Koreya Respublikasining "Awesome Ltd.", "SuWan TPL Co.,Ltd", "DOBE CorpInc." kompaniyalari o`rtasida mamlakatimiz tadbirkorlari tomonidan ushbu mamlakatga to`qimachilik mahsulotlari, sharbatlar, ziravorlar va boshqa mahsulotlar etkazib berish bo`yicha hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari eksportini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi va Koreya Respublikasi zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilari federasiyasi bilan Toshkent shahrida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo`yicha kelishib olindi.
Mazkur bitimlar ikki mamlakat o`rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tadbirda Janubiy Koreyaning qurilish, oziq-ovqat sanoati, zargarlik buyumlari, tibbiy uskunalar, shaxsiy gigiena vositalari, qishloq xo`jaligi texnikasi, axborot-kommunikasiya texnologiyalari, to`qimachilik va to`qimachilik uskunalari ishlab chiqarish, logistika, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va tayyorlash hamda boshqa sohalarda faoliyat yuritadigan yirik kompaniyalari vakillari qatnashdi.






