AsosiyJamiyat

RESEPTSIZ BERILADIGAN DORI VOSITALARI RO`YXATI TASDIQLANDI

' RESEPTSIZ BERILADIGAN DORI VOSITALARI RO`YXATI TASDIQLANDI'ning rasmi

RESEPTSIZ BERILADIGAN DORI VOSITALARI RO`YXATI TASDIQLANDI

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Reseptsiz beriladigan dori vositalari ro`yxatining yangi tahriri davlat ro`yxatidan o`tkazildi.

Yangi tahrirdagi ro`yxatga 129 nomdagi yangi dori vositalari qo`shildi, amaldagi ro`yxatda mavjud bo`lgan 100 nomdagi dori vositasi esa chiqarib tashlandi.

Muqaddam reseptsiz beriladigan dori vositalari 1225 tani tashkil etgan bo`lsa, endilikda ularning soni 1254 tani tashkil etadi.

Bunda, ro`yxatda belgilanishicha, dori vositalarining o`ramlari, qo`llash bo`yicha yo`riqnomalari, ilova-varaqalarida ko`rsatilgan dori vositalarini berishda berish tartibidan qat`i nazar, ushbu ro`yxatga amal qilinishi kerak.

Ro`yxatning to`liq matni bilan Lex.Uz da tanishish mumkin.

    Boshqa yangiliklar