AsosiyJamiyat

AFG`ONISTON PREZIDENTI MUHAMMAD AShRAF G`ANI PREZIDENT ShAVKAT MIRZIYoEVGA MAKTUB YO`LLADI

'AFG`ONISTON PREZIDENTI MUHAMMAD AShRAF G`ANI PREZIDENT ShAVKAT MIRZIYoEVGA MAKTUB YO`LLADI'ning rasmi

AFG`ONISTON PREZIDENTI MUHAMMAD AShRAF G`ANI PREZIDENT ShAVKAT MIRZIYoEVGA MAKTUB YO`LLADI

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylariga

Afg`oniston va O`zbekiston Respublikasi o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan yo`llagan tabrigingiz meni g`oyat mamnun etdi. Buning uchun sizga minnatdorlik bildirishga, butun afg`on xalqi va shaxsan o`z nomimdan Sizni va birodar O`zbekiston xalqini ushbu muhim sana bilan muborakbod etishga ijozat bergaysiz.

Qadrli birodarim, muhtaram O`zbekiston Respublikasi Prezidenti!

Xalqlarimizning tili, dini va madaniyati yaqin ekani o`zaro do`stlik aloqalarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash uchun muhim asos bo`lib xizmat qilmoqda. Afg`oniston va O`zbekiston Respublikasi xalqlarimiz manfaatiga xizmat qiladigan o`zaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash bo`yicha salmoqli qadamlar tashladi. Mening va Afg`oniston delegasiyalarining O`zbekistonga so`nggi safarlari mamlakatlarimiz o`rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanimizning yaqqol tasdig`idir. Sizga va butun o`zbek xalqiga ushbu yillar mobaynida ko`rsatilgan yordam uchun o`z minnatdorligimni bildiraman.

Afg`oniston mamlakatlarimizni yanada yaqinlashtirish va iqtisodiyotimizni rivojlantirishga xizmat qiladigan qo`shma loyihalar ustida ishlashni davom ettiradi.

Mamlakatlarimiz o`rtasida hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish yo`lidagi sa`y-harakatlaringiz uchun Sizga yana bir bor tashakkur izhor etaman. Bu hamkorlik bundan keyin ham faqat kengayib boraverishiga ishonchim komil.

So`zim oxirida Siz, Janobi Oliylariga yana bir bor mustahkam sog`liq, xalqingizga baxt va farovonlik tilayman.

Muhammad Ashraf G`ANI,

Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti

    Boshqa yangiliklar