AsosiySport

13 YoShLI NODIRBEK GROSSMEYSTERGA AYLANDI

'13 YoShLI NODIRBEK GROSSMEYSTERGA AYLANDI 'ning rasmi

Joriy yilning 20-29 oktbyar kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida shaxmat bo`yicha an`anaviy “24-Memorial M.Chigorinaxalqaro turniri bo`lib o`tdi.

Jahonning nufuzli xalqaro turnirlari qatoridan o`rin egallagan mazkur turnirda Jaxonning 20 davlatidan 360 nafar shaxmatchilar ishtirok etdilar. Shulardan 37 ta xalqaro grossmeyster va 3 nafar ayollar o`rtasida xalqaro grossmeyster, 42 nafar xalqaro toifadagi sport ustalari va 8 nafar ayollar o`rtasida xalqaro toifadagi sport ustalari va boshqa toifadagi shaxmatchilar ishtirok etdilar.

Ushbu musobaqada O`zbekiston yoshlar va kattalar terma jamoa a`zolari: Jahongir Vaxidov-xalqaro grossmeyster, xalqaro toifadagi sport ustalari- Abdusattorov Nodirbek, Yakubboev Nodirbek, Vaxidov Shamsiddin va Sindarov Javohirlar ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etdilar, deya ma`lum qildi Olamsport nashri.

Jumladan, blis yo`nalishi bo`yicha o`tkazilgan musobaqalarda xalqaro toifadagi sport ustasi 15 yoshli Yakubboev Nodirbek dunyoning 24 davlatidan tashrif buyurgan 300 nafar shaxmatchilari orasidan 1-o`rinni egalladi!

Musobaqada o`ziga hos o`yin mahoratini namoyish etgan 13 yoshli Abdusattorov Nodirbek Jahonshaxmat mutaxassislari e`tirofiga sazovor bo`ldi. N.Abdusattorovshaxmat bo`yichaxalqaro grossmeyster unvonining uchinchi talabini bajardi. Abdusattorov Nodirbek o`tgan yili o`tkazilgan mazkur musobaqada xalqaro grossmeysterlik unvoning birinchi talabani bajargan edi. Ikkinchi talabini 2017 yil avgust oyida o`tkazilgan “24 Abu-DabiShaxmat Festivali”da bajargan edi.

Aytish lozimki, iqtidorli Nodirbek Abdusattorov bir qator jahon chempionatlarida yuqori natijalarni qayd etgan:

2012 yil- 8 yoshgacha o`smirlar o`rtasida Jahon chempioni (Maribor, Sloveniya), FIDE sport ustasi unvonini qo`lga kiritdi;
2014 yil – 10 yoshgacha o`smirlar o`rtasida Jahon chempionati kumush medal sohibi (Durban, JAR)
2016 – 11 yoshgacha maktab o`quvchilari o`rtasida Jahon chempioni (Sochi, Rossiya)
2016 yil, sentyabr – xalqaro toifadagi sport ustasi unvoninguchinchi talabini bajardi (Kuala-Lumpur, Malayziya)
2017 yil, 29 oktyabrya – xalqaro grossmeyster unvoning uchinchi talabini bajardi (Sankt-Peterburg, Rossiya)!

O`zbekiston Shaxmat Federasiyasi Nodirbek Abdusattorovning kelgusida yuksak marralarni zabt etishiga ishonch bildiradi!


    Boshqa yangiliklar