“Paxtakor” futbol klubi o`z tarixida yangi sahifa ochmoqda va barcha infratuzilmaga ega, so`nggi zamonaviy talablarga javob bera oladigan yangi stadionni qurish ustida faol ish olib bormoqda.
Klub rahbariyati hozirgi paytda yangi stadion loyihasi konsepsiyasi ustida ishlamoqda. Ushbu jarayon yuzasidan quyidagi kompaniyalar bilan muloqot va maslahatga kirishilgan.
Quriladigan stadionning boshlang`ich loyihalari “Paxtakor” FK sarmoyadori SFI Management Group ko`rib chiqishi va tasdiqlashi uchun yuborilgan.
Ular orasidan eng yaxshi loyiha stadionni qurish uchun tanlab olinadi.






