AsosiyJamiyat

XORAZM VILOYaTI HOKIMINING O`RINBOSARI ShAKARJON XO`JANIYoZOVA OLAMDAN O`TDI

'XORAZM VILOYaTI HOKIMINING O`RINBOSARI ShAKARJON XO`JANIYoZOVA OLAMDAN O`TDI'ning rasmi

Xorazm viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy – ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari bo`lib ishlab kelayotgan Xo`janiyozova Shakarjon Yusupovna 63 yoshida vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligining rasmiy sayti xabar beradi.

Shakarjon Xo`janiyozova 1955 yilda Xorazm viloyati, Bog`ot tumanida tug`ilgan. Mehnat faoliyatini 1977 yil Bog`ot tuman jamoa xo`jaligi hisobchiligidan boshlagan bo`lib, keyinchalik shu tumandagi 6-sonli o`rta hunar-texnika bilim yurti direktori o`rinbosari, so`ngra direktori bo`lib ishlagan.

Viloyat hokimining tashkiliy, iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari, viloyat Xotin-qizlar qo`mitasi raisi, shuningdek, Bog`ot tuman hokimi lavozimida mehnat qilgan. Joriy yilning 25 yanvaridan viloyat hokimi o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

U 1998 yili «Mehnat shuhrati» ordeni, 2004 yili «O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan qishloq xo`jaligi xodimi» faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.

Shakarjon Xo`janiyozova Bog`ot tumani Nukus qishlog`idagi qabristonga dafn etildi.

    Boshqa yangiliklar