AsosiySavol-javob

«NABIRAMNI HECh KIMGA BERMAYMAN!»

'«NABIRAMNI HECh KIMGA BERMAYMAN!» 'ning rasmi

-Qizimni 2006 yil turmushga berdim. Ayrim sabablar bilan hayoti bo`lmadi va 2007 yil ajrashdi. Oradan bir necha yil o`tib, qayta uzatdik. Biroq yana adashibmiz. 2012 yil farzandim yorug` olamdan ko`z yumdi. Undan qolgan yagona yodgorim, nabiramni vasiylikka olgandim. Chunki otasining hulqi buzuq, maishatga berilgan. Meni tashvishga solayotgani, kuyov bolani mendan olib qo`ymoqchi. Ayrimlar vasiylik to`g`risidagi hokim qarori uch yilga etadi, keyin kuchdan chiqadi deyishayapti. Shu holatga aniqlik kiritsangiz. Nahot nabiramni olib qo`yishsa?

Nozir Hakimov, Surxondaryo viloyati

-Vasiylikni belgilovchi hujjat uni qabul qilgan organ tomonidan bekor qilinguniga qadar amalda bo`ladi. Ushbu qarorda uni bekor qilish muddati belgilanmaydi. Vasiylikni belgilovchi hujjatning bekor qilinishiga bolaning voyaga etishi, ota-onasidan birining ota-onalik huquqini tiklanishi hamda vasiyning vafot etishi kabilar asos bo`lishi mumkin. Agar nabirangizning otasi uzoq vaqt davomida farzand tarbiyasida ishtirok etmay, unga moddiy yordam ko`rsatmay kelayotgan bo`lsa, shu bilan birga spirtli ichimliklarni surunkali tarzda qabul qilsa, uni otalik huquqidan mahrum qilish haqida sudga murojaat etishingiz mumkin bo`ladi.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi


    Boshqa yangiliklar