«Toshshahartransxizmat» kompaniyasi O`zbekiston poytaxtida avtobuslar harakatini kuzatish uchun yangi mobil ilova — MyBus Tashkent ishga tushirilgani haqida ma`lum qildi. U Android operasion tizimida ishlash uchun mshljallangan (yuklab olish).
Ushbu yangi foydalanishga topshirilgan mobil ilova yordamida belgilangan yo`nalishdagi avtobuslar harakatini kuzatish, ularni sizga kerakli bo`lgan bekatlarga kelish vaqtini bilish, qaysi davlat raqami, avtopark raqami bilan xarakatlanayotganini, shuningdek harakat tezligi va bekatgacha qolgan masofani aniqlash mumkin.
Eng foydali jihatlaridan biri bu — ogohlantirish tizimi kerakli avtobusni o`tkazib yubormaslik uchun zarur bekatga chiqishga ko`maklashishidir. Bekatlar katalogi belgilangan bekatdan qaysi yo`nalishdagi avtobuslar o`tishini aniqlashga yordamlashadi. Qidiruv funksiyasi orqali avtobuslarni raqamlar, bekatlarni nom bo`yicha izlashga imkon beradi. «Joylashgan er» tugmasi yaqin bekatni topishga imkon beradi. Yo`nalishlarni tezroq topish uchun tanlanganlar ro`yxatiga qo`shib qo`yish mumkin.
Mazkur mobil ilova Zo`r Bus Company kompaniyasi dasturchilar jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan.






