AsosiyJamiyat

​O`ZBEKISTON TURKIYa FUQAROLARI UChUN VIZANI 3 KUNDA RASMIYLAShTIRADI

'​O`ZBEKISTON TURKIYa FUQAROLARI UChUN VIZANI 3 KUNDA RASMIYLAShTIRADI'ning rasmi

21 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti “Turkiya fuqarolari uchun viza berish jarayonini soddalashtirish to`g`risida” qaror imzoladi.

Davlat turizm qo`mitasining xabar berishicha, O`zbekistonga ishbilarmon va sayyohlik maqsadida tashrif buyurayotgan Turkiya fuqarolarining muddati 1 yilgacha bo`lgan ko`p marotabalik vizalar 3 ish kuni mobaynida mamlakatimizning xorijdagi muassasalarida rasmiylashtiriladi (hujjatlarni qabul qilish kunini hisoblamagan holda).

Sayyoh sifatida O`zbekistonga kelayotgan Turkiya fuqarolarining muddati 1 oygacha bo`lgan vizalari ham 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi (hujjatlarni qabul qilish kunini hisoblamagan holda). Bunda turvaucherlar va Davlat turizmni rivojlantirish qo`mitasi va respublikamizning boshqa turistik tashkilotlarining taklifnomalarini ko`rsatish talabi bekor qilindi.

    Boshqa yangiliklar