O`zbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti to`g`risida Nizom qabul qilindi.
Mukofot yil davomida davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarida fidokorona mehnat qilayotgan, soha rivojiga o`zining munosib hissasini qo`shib kelayotgan, vatanparvar yoshlarni rag`batlantirib borish maqsadida ta`sis etiladi.
Mukofot yoshlarga quyidagi nominasiyalar bo`yicha har yili bir marta beriladi:
- Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasida “Yilning eng yaxshi yosh deputati”, “Yilning eng yaxshi yoshlar masalalari bo`yicha hokim o`rinbosari”, “Yilning eng yaxshi tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi boshlig`ining yoshlar masalalari bo`yicha o`rinbosari”, “Yilning eng yaxshi viloyat kengashi raisi”, “Yilning eng yaxshi tuman (shahar) kengashi raisi”, “Yilning eng yaxshi yoshlar masalalari bo`yicha MFY raisi o`rinbosari”, “Yilning eng yaxshi yosh mahalla posboni” nominatsiyalari bo`yicha (7 ta);
- Iqtisodiyot va qishloq xo`jaligi sohasida “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori”, “Yilning eng yaxshi yosh fermeri”, “Yilning eng yaxshi yosh hunarmandi”, “Yilning eng yaxshi yosh ishchisi”, “Yilning eng yaxshi fidoiy yoshlar otryadi a`zosi” nominatsiyalari bo`yicha (5 ta);
- Fan-ta`lim va ijtimoiy sohada “Yilning eng yaxshi yosh olimi”, “Yilning eng yaxshi yosh dasturchisi”, “Yilning eng yaxshi yosh o`qituvchisi”, “Yilning eng yaxshi talabasi”, “Yilning eng yaxshi o`quvchisi”, “Yilning eng yaxshi boshlang`ich tashkilot etakchisi”, “Yilning eng yaxshi “Kamalak” sardori” nominatsiyalari bo`yicha (7 ta);
- San`at, madaniyat, jurnalistika va sport sohasida “Yilning eng yaxshi yosh rejissyori” (tear va kino yo`nalishi bo`yicha), “Yilning eng yaxshi yosh aktyori” (tear va kino yo`nalishi bo`yicha), “Yilning eng yaxshi yosh qo`shiq ijrochisi” (mumtoz qo`shiq, opera va estrada yo`nalishi bo`yicha), “Yilning eng yaxshi yosh bastakori”, “Yilning eng yaxshi yosh ijodkori” (nazm va nasr yo`nalishi bo`yicha), “Yilning eng yaxshi yosh jurnalisti”, “Yilning eng yaxshi yosh rassomi”, “Yilning eng yaxshi yosh dizayneri”, “Yilning eng yaxshi yosh sportchisi” nominatsiyalari bo`yicha (14 ta).
Mukofotni berishda yoshlar faoliyat ko`rsatayotgan sohadan kelib chiqib, yil davomidagi ish samaradorligi, tizim yoki sohani rivojlantirishga qo`shgan shaxsiy hissasi, o`z sohasiga kiritgan innovatsiyasi, faoliyati orqali davlat va jamiyat hayotiga keltirgan amaliy foydasi, shuningdek mehnatsevarligi, fidoiyligi, intizomi, iqtidori, jamoat ishlaridagi faolligi, davlat va xalqaro miqyosda erishgan yutuqlari soha vakillari, keng jamoatchilik tomonidan e`tirof etilganligiga e`tibor qaratiladi.
Mukofot O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo`lmagan shaxslar hamda mamlakatimiz rivoji yo`lida jonbozlik ko`rsatayotgan chet el fuqarolariga ham beriladi.
Mukofot sovrindorlariga eng kam ish haqining 30 baravari miqdorida pul mukofoti, statuetka va maxsus diplom topshiriladi.
Mukofot sovrindorlari har yili dekabr oyida tantanali ravishda taqdirlanadi.






