Fransiyalik aktyor Jerar Deparde Belgiyadagi uyini sotuvga qo`ydi.
2012 yil oxirida Deparde Fransiya hukumati “boylar uchun soliq”ni 75% gacha oshirish qaroridan norozi bo`lib mamlakat fuqaroligidan voz kechish niyati haqida aytgandi. Shunda u Fransiya chegarasiga yaqin bo`lgan hudud Belgiya janubi-g`arbidan uy sotib olgandi.
Ma`lumotlarga ko`ra, “Oq bulut” (Villa White Cloud) villasi sotuvi haqida sentyabrning oxirrog`ida e`lon paydo bo`ldi. Uyning narxi ko`rsatilmayapti. Ekspertlarning fikricha, uning narxi 1,2 million evro.
Depardening bu qarorga kelishiga hududdagi biznes-loyihalarning omadsizligi bog`liq.
Deparde 2013 yilda Frasiya fuqaroligini saqlab qolgan holda Rossiya pasportini olgan edi.






