Kanadada halokatga uchragan neft ortilgan poezd sabab 46 ta uyda yashovchi aholi evakuasiya qilindi. Hodisa Alberta provinsiyasida sodir bo`ldi.
Mahalliy OAVlarning ma`lumotlariga ko`ra, neft ortilgan poezd mahalliy vaqt bilan 13:30 da ag`darilgan. Vagonlarning umumiy soni 12 ta. Mahalliy hukumat temiryo`lga yaqin bo`lgan bino evakuasiyasi haqida e`lon qildi.
Mutaxassislarning aniqlashlaricha erga 30-50 litr neft sizib chiqqan, buning esa aholiga xavfli tomoni yo`q. Avariya-qutqaruv xizmatlari bir necha kun mobaynida hududni tozalash ishlarini amalga oshirishadi.





